16 sentyabr-Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni
Har yili 16 sentyabr kuni jahon hamjamiyati uchun muhim sana - Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni nishonlanadi. 2014 yilda ushbu sanani nishonlash "Ozon qatlamni muhofaza qilish-missiya davom etadi" shiori ostida o'tkazilmoqda.
Xush, ozon qavati va uning yimirilishi haqqida nima bilamiz?. Ozon qavatining yemirilishi haqida olimlar 50-yillaming boshida ogohlantirishgan edi. Uning yemirilishi yuqori tovushli samolyotlar tashlaydigan azot oksidlari bilan bog'liq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo 1974-yilga kelib ozon ekranidagi <teshiklar» sun'iy kimyoviy birikmalar-ftor-xlor uglerodlar (FXU)ning ta'siri natijasi ekanligi aniqlandi. Bu gazlar parfyumer sanoatida, sovutkich qurilmalari, kondensionerlar va o't o'chirish vositalari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan atmosferaga tashlanadigan FXU butun atmosfera bo'ylab tarqaladi va Antarktida ustida o'ziga xos ma'lum bir chegaralangan qutb girdobiga tushadi. Bu holat yopiq qozonni eslatib, butun qish va bahor fasllari davomida havo massasining almashinuvi sodir bo'lmaydi va ozonning yemirilishiga ham hech narsa to'sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda Antarktidadagi ozon teshigining yuzasi AQSH hududiga teng bo'lgan maydon o'lchamiga yaqinlashgan.
Olimlarning xulosalariga ko'ra, 1978-yildan 1984-yilga qadar ozon miqdori 3 % ga kamaygan Antarktida ustidagi ozon qatlami tezlik bilan yemirilmoqda va hozirgi vaqtda uning qalinligi 1960-yillardagiga nisbatan 2 marta kamaygan. Agar butun dunyodagi mamlakatlar havoga tashlanayotgan bunday zarar keltiruvchi moddalar chiqishini to'xtatib qo'yganda ham, ular atmosferada bir necha yil saqlanadi. Erkin holdagi xlor miqdori atmosfera qatlamlaridagi ozon teshigi mintaqasidan 100-400 marta katta. Ozon qavatining yemirilish muammosini hal etish maqsadida 1965-yilda «Ozon qavatini muhofaza qilish to'g'risida»gi Vena konvensiyasi imzolangan. 1987-yilda Monreal konferensiyasi bo'lib, unda 56 davlatdan vakillar qatnashdilar. Konferensiyada ozon qavatini yemirilishga olib keluvchi zararli frionlari ishlab chiqarishni 50 % ga kamaytirish, ularni xlorsiz moddalar bilan almashtirish, ftor va aerozollarni qo'llashni taqiqlash, uning o'rniga boshqa ekologik jihatdan toza gazlardan foydalanish kabi qator masalalar ko'rib chiqildi va bayonnomalar imzolandi.
1988 yildan buyon O'rta Osiyo gidrometeorologiya boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda Markaziy Osiyoning tog'lari va tog' oldi hududlarida ozonning umumiy miqdori (OUM) o'rganib kelinmoqda. Bundan ko'zda tutilgan maqsad, xalqaro tizimda ma'lumotlar almashinuvidir.
Hozirgi paytda turli ishlab chiqarish jarayonlaridan havoga ko'p miqdorlarda karbonat angidridi chiqarilmoqda. Bundan tashqari, insonlarning turli ehtiyojlari uchun sarf bolayotgan uglerodning yillik miqdori 5,6x10 tonnani tashkil etmoqda. Karbonat angidridi, kislorod, azot va boshqa bir qancha gazsimon moddalaming ko'plab hosil bo'lishi va tabiatdagi aylanma harakati ham tirik organizmlar faoliyati bilan bog'liq.
Fotosintez jarayonida kislorod ajralib, karbonat angidridi yutilsa, organik moddalarning parchalanishida buning teskarisi ro'y beradi. Hozirgi atmosferadagi kislorod va karbonat angidridining o'zgarish rejimi ham fotosintez natijasida boshqariladi. Ozon qavatining shakllanishi ham yer sayyorasida hayotning paydo bo'lishi bilan bog'liq, chunki organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan kislorod atmosferaning yuqori qismlarida ultrabinafsha nurlar ta'sirida ozonga aylanadi.
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal protokoli atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan kelishuvlar ichida eng samarali ko'ptomonlama kelishuv deb tan olingan. Ushbu hujjat umumyutuq hamda jahon hamjamiyati sohasida halqaro hamkorlikning va sherikchilikning eng muvaffaqiyatli misoli hisoblanadi. Bugungi kunga kelib Monreal protokolini amalga oshirish jarayonlarida ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish bo'yicha o'zining ayrim vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatlarga erishgan. Hisoblarga ko'ra, joriy asr o'rtalariga kelib u batamom tiklanadi. Ushbu ma'lumotlar BMTning Atrof-muhit bo'yicha dasturi (YUNEP) hamda Butunjahon meteorologiya tashkiloti ekspertlari tomonidan tayyorlangan yangi tadqiqotlarda o'z ifodasini topgan.
M.Joldasbaev X.Marirzaev-SamVMI NF 2-kurs veterinariya va zooinjeneriya (baliqchilik) 215- gurih talabalari.
скачать dle 12.1