E’lon: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“Veterinariya meditsinasining zamonaviy ilm-fan yutuqlari va chorvachilikni rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
Hurmatli hamkasblar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Sizni 2025-yil 23-may kuni “Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Veterinariya meditsinasining zamonaviy ilm-fan yutuqlari va chorvachilikni rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga samimiy taklif etadi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-sonli qarorining 4-ilovasi 19-bandida belgilangan vazifalarni amalda bajarish, sohaga oid ilmiy izlanishlar natijalarini muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassis, olim va izlanuvchilarni birlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada ishtirok etishingiz orqali Siz nafaqat o‘z ilmiy yutuqlaringizni taqdim etasiz, balki sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish, innovatsion g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish va ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Sizning ishtirokingiz biz uchun katta sharaf bo‘ladi!
Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
- Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasida innovatsion yondashuvlar va ilmiy yutuqlar
- Veterinariyada oziq-ovqat xavfsizligi va diagnostikaning dolzarb muammolari
- Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini oziqlantirish va yem-xashak tayyorlash usullari
O‘tkazilish manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, 31-uy, SamDVMCBU Nukus filiali bosh binosi.
Rasmiy tillar:
Qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, rus, ingliz.
Tezis yuborish muddati: 2025-yil 15-maygacha
Aloqa: nurjayna.aynura@gmail.com / +998 91 376 99 92 (Telegram) (Aynura Kamalova)
To‘lov miqdori: 100 000 so‘m
Tezisni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi, shuningdek ilmiy ish tuzilmasi va talablar yuqorida keltirilgan. Tezislar “docx” formatda taqdim etilishi, imloviy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri, mavzuga mos va ilmiy asoslangan bo‘lishi zarur.
скачать dle 12.1