Talim sifatini nazorat qilish bo’limi
![]() | Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Bayımbetov Azatbay Berdibaevich | |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | +99897-505-76-00 bayimbetov76@list.ru | |
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko’rsatish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-76-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.
Qarorda belgilangan vazifalarni ijro etish va oliy talim tizimida samaradorlikka erishish maqsadida 2025-yilning 6-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tizimini joriy etish to’g’risida»gi 498-sonli qarori qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2025-yil 14-noyabr kungi «Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida» gi 2-son buyrug’i, 2025-yil 2-dekabrda «Oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida» gi 5-son buyrug’i qabul qilindi.
Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida O'zbekiston Respublikasining barcha oliy talim muassasalarida 2025-yilning noyabr oyidan Ta’lim sifatini ta’minlash bo’limlari o'z faoliyatini boshladi.
Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Filialda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
Taʼlim tashkilotining kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash boʻyicha ichki baholashni tashkil etish, taʼlim tashkilotini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishga tayyorlash, taʼlim sifatini doimiy monitoring qilib borish orqali unga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼlim tashkiloti rahbariga hamda Agentlikka taqdim etib borish vazifalari yuklatilgan.
|
|











