Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali huzuridagi "Iqtisodiyot va gumanitar fanlar" kafedrasi tomonidan joriy yilning 27-iyun kuni muhim ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Mavzu:
"Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari va yechimlari"
Konferensiya o‘tkaziladigan joy:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Utepov ko‘chasi, 31-uy.
SamVMSHBU Nukus filiali majlislar zali.
Ishtirok shakli: Onlayn va oflayn
ZOOM havolasi:
https://us05web.zoom.us/j/6686632683?pwd=KPDf9wyu2UrzLXkSo3p6kP8j7UVnD0.1
ID: 668 663 2683 | 🗝 Kirish kodi: 1
Konferensiyaning maqsadi:
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, sohaga oid ilmiy-texnik asoslarni mustahkamlash hamda bu yo‘nalishda amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish.
Konferensiya vazifalari:
- Mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar va boshqa soha vakillari o‘rtasida ilmiy-tajriba almashish
- Dolzarb muammolarni muhokama qilish va ularni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
- Ta’lim va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kengaytirish
Konferensiya kun tartibi:
- 09:00–09:30 – Tashkiliy ishlari
- 09:30–10:00 – Ro‘yxatdan o‘tish (onlayn va oflayn)
- 10:00 – Konferensiyaning tantanali ochilishi
- 10:00–12:05 – Yalpi majlis
- 12:05–13:30 – Seksiyalar ishlari
- 13:30–14:00 – Yakuniy qism
Reglament:
- Ma’ruzalar uchun: 10 daqiqa
- Takliflar uchun: 10 daqiqa
- Tashkiliy qo‘mita raisi:
Prof. Adilbay Tlepovich Esimbetov, SamVMSHBU Nukus filiali direktori
Konferensiya doirasida turli yo‘nalishdagi ilmiy maqolalar taqdim etiladi, tajriba va g‘oyalar almashiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi – bugunning dolzarb mavzusi! Sizni ilmiy hamjamiyat vakillari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
Do‘stlaringiz bilan ulashing!
Sana: 27-iyun, 2025-yil
Vaqt: 09:00 dan
скачать dle 12.1