SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Besh tashabbus olimpiadasi”: talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bahslari o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Besh tashabbus olimpiadasi”: talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bahslari o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berilgani hamda talaba-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazilgani haqida avval xabar bergan edik. Mazkur olimpiada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Hozirda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar izchil davom etmoqda. Jumladan, 1-bosqichda tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bahslari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini, jismoniy tayyorgarlik darajasini hamda jamoaviy harakat ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqa davomida talaba-qizlar sport orqali bir-birlariga ijobiy ruhiy ta’sir o‘tkazib, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashdi. Shuningdek, bu kabi musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Filialda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar bosqichma-bosqich davom ettirilib, keyingi bosqichlarda boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.