22 MAY XALQARO BIOLOGIK XILMA-XILLIK KUNI
Xalqaro biologik xilma-xillik kunining asosiy maqsadi flora va fauna vakillarining yukolib ketish muammosiga jamotchilik e`tiborini qaratishdan iborat. «Biologik xilma-xillik» atamasini ingliz tabiatshunosi va sayohatchisi Genri Beyts «Tabiatshunos Amazonkada» asarida bir soatlik sayr davomida kapalaklarning 700 turini uchratgani xaqida taassurotlarini bayon etayotganida ilk bor qo’llagan.
Biologik xilma-xillik haqqinda xalqaro konvenciya - 1992 yil Rio-de-Janeyro (Braziliya) da 156 mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan «Biologik xilma-xillik to’ǵrisida»gi konvenciyaga qo’shilgan O’zbekiston Respublikasida 1995 yili Oliy Majlis tomonidan ratifikaciya qilingan va shu asosda 1998 yil aprel Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 139-sonli «Biologik xilma-xillikni saqlanishning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi» haqqinda qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.
Ózbekistonning turli ekotizimlarida ósimlik va hayvonot olamining biologik xilma-xilligi 27000 turdan ortadi. Ular orasida hayvonlar 15000 turdan ortiq bólib, shuning katta qismini umurtqasiz bóǵimoyoqlilar tashkil etadi (11300 tur). Umurtqali hayvonot dunyosi 424 turdagi qushlar, 97 turdagi sut emizuvchilar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 turdagi baliqlarni óz ichiga oladi. Ózbekiston Órta Osiyoga mansub kóplab turdagi hayvonlar yashaydigan hudud hisoblanadi. Ózbekistonda Markaziy Osiyoda tarqalgan umurtqali hayvonlarning 53 turi va mayda turlari málum. Umurtqali hayvonlaming turli guruhlarida muayyan bir joyga mansublik darajasi 1,8-51,7 foizni tashkil etadi. Ósimliklar, qóziqorinlar va suv ótlari taxminan 11000 turdan iborat bólib, ulaming 4800 turi gulli va tomirli ósimliklardan iborat. Mahalliy ósimliklar turlari kóp emas – qariyb 400 turdan iborat bólib, shuning 10-12 foizini qadimdan saqlanib qolgan ósimIiklar tashkil etadi.
b.i.k. Atanazarov Q
скачать dle 12.1