SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Rergistrator ofis xizmatlari » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Rergistrator ofis xizmatlari


Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimining vazifalari

Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
  • dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
  • qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
  • joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
  • sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
  • akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
  • imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;




Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
  • grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
  • ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
  • innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
  • talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
  • ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
  • “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
  • oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
  • talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.




Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
  • oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
  • oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

  • xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
  • xorijlik talabalarga oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish. 

Marketing va buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
  • ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni kiritish va olish;
  • toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish;
  • akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash;
  • talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
  • bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish;
  • potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.


фильмы бесплатно