Respublika ilmiy-texnik konferensiyasiga taklif etamiz!
“Orolboʻyi hududida chorvachilikda innovatsion texnologiyalar va rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik konferensiyasiga taklif etamiz!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Sizni 2025-yil 25-aprel kuni boʻlib oʻtadigan “Orolboʻyi hududida chorvachilikda innovatsion texnologiyalar va rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-son qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilmoqda.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
- Chorvachilikda naslchilik ishi va biotexnologiya
- Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish va yem-xashak tayyorlash texnologiyasi
- Chorvachilikda veterinariya meditsinasi va diagnostikaning innovatsion yechimlari
- Chorvachilik xoʻjaliklarida iqtisodiyotning roli
🗓 Sana: 2025-yil 25-aprel
📍 Manzil: Nukus shahri, A.Utepov ko‘chasi, 31-uy, SamDVMChBU Nukus filiali bosh binosi
🌐 Tillar: qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz
Ishtirok etish va tezislar topshirish tartibi:
- Tezislar 2025-yil 15-aprelgacha sdvunf_conference@mail.ru elektron manziliga yoki +998 91 306-82-70 Telegram raqamiga yuborilishi lozim.
- Fayl nomi: muallif familiyasi va sho‘ba raqami, masalan: salimov-2.docx
- Badal to‘lovi: 100 000 so‘m, to‘lovdan so‘ng kvitansiya JPEG shaklida yuborilishi kerak.
- To‘lov kartasi: Humo – 9860 1201 8681 9997 (Amangeldi Mambetnazarov)
🛑 Diqqat! Ro‘yxatdan o‘tmagan va badal puli to‘lanmagan tezislar chop etilmaydi. Tezislar Google Scholar bazasida indekslanadi.
Tezislarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Hajmi: 3–8 bet, Times New Roman, 14 shrift, 1.15 interval
- Format: doc/docx
- Annotatsiya (100–150 belgi) va 5–7 ta kalit so‘zlar
- Raqamlangan jadvallar, grafiklar, to‘g‘ri manba ko‘rsatmalar
📞 Aloqa uchun:
Telefon / Telegram: +998 91 306-82-70
Email: sdvunf_conference@mail.ru
Ilm-fan va innovatsiyalar sari hamjihatlikda intilaylik! Nukusda uchrashguncha!
скачать dle 12.1