Ishchi guruh tomovidan o‘quv adabiyotlari tahlil qilindi
2025-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish” integratsiyasini kuchaytirish, oliy ta’limda sifatni oshirish, o‘quv faoliyatini takomillashtirish hamda o‘quv jarayonining metodik ta’minoti holatini chuqur o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Ishchi guruh tarkibida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari boshqarmasi boshlig‘i S.Tajibayev hamda Buxoro davlat universiteti Marketing va menejment kafedrasi mudiri J.Tohirov ishtirok etdi. Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari filialning Axborot-resurs markazi faoliyati, mavjud kitoblar fondi, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasi, kutubxona infratuzilmasi hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ular, ayniqsa, o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish holati, amaldagi o‘quv dasturlariga kiritilgan asosiy o‘quv adabiyotlarining mavjudligi, ularning mualliflari, nashr rejalari va ularning bajarilishiga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, o‘quv adabiyotlarini nashr ettirish uchun ajratilgan mablag‘lar, mualliflarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi, filialda bu jarayonni tizimli asosda yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tashkiliy va metodik choralar o‘rganildi. Tahlillar yakunida filial kutubxona va o‘quv-uslubiy ta’minot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud adabiyotlarni zamonaviy talablarga mos tarzda yangilash, elektron kutubxona resurslarini kengaytirish, shuningdek, mualliflik faoliyatini tizimli rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






Axborot xizmatiскачать dle 12.1