“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” E’LON
“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” E’LON
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovining birinchi (saralash) bosqichi o‘tkazilishi e’lon qilinadi.
Tanlovdan maqsad — professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, ixtirolar hamda ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
- belgilangan tartibda ariza topshirish lozim;
- arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi;
- saralash bosqichi filial tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
Eslatma:
- Tanlov nizomi va shartlari bilan fakultet dekanatlari yoki mas’ul bo‘limlar orqali tanishishingiz mumkin;
- Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Barcha iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Ma’lumot uchun murojaat:
Iqtidorli talabalar ilmiy tatqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i A.Janabaev +998(99)459-55-10
скачать dle 12.1