SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviylik va hamjihatlik ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va yuqori sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy o‘yinlarni taqdim etishdi. “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbayevning ta’kidlashicha, bunday sport musobaqalari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom raqobat ruhida tarbiyalash hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bellashuvlar yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar munosib ravishda g‘olib va sovrindor sifatida e’tirof etildi. Umuman olganda, mazkur musobaqa filialda talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish hamda do‘stona va faollik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.