E’LON! “IT HACKATHON – 2026” TANLOVI
E’LON! “IT HACKATHON – 2026” TANLOVI
2026-yil 1-apreldan 20-maygacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida Respublika miqyosidagi yirik raqamli loyihalardan biri — “IT Hackathon – 2026” tanlovi bo‘lib o‘tadi.
🎯 Maqsad:
Talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va startap loyihalarni shakllantirish.
🏢 Tashkilotchi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
🤝 Hamkor tashkilotlar:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qoraqalpog‘iston IT Park, “Data Biznes Control” IT kompaniyasi
👥 Ishtirokchilar:
• Oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistr talabalari
• Jamoa tarkibi: 3–5 nafar
• Har bir jamoada kamida 1 nafar dasturchi bo‘lishi shart
💡 Yo‘nalishlar (Tracklar):
• Sun’iy intellekt va Machine Learning; Mobil ilovalar (Android/iOS); • Web dasturlash (Full-stack); Kiberxavfsizlik; AgroTech / VetTech / EdTech yechimlar
🧩 Tanlov bosqichlari:
I-bosqich: Ro‘yxatdan o‘tish (1 hafta) – onlayn ariza va g‘oya tavsifi
II-bosqich: Saralash (1 hafta) – ekspertlar bahosi, 5–10 jamoa tanlab olinadi
III-bosqich: Hackathon (48 soat) – mentorlar bilan ishlash, prototip yaratish
IV-bosqich: Final – taqdimot (10 daqiqa + savol-javob)
🏆 Maxsus mukofot va nominatsiyalar:
• Eng yaxshi dizayn
• Eng yaxshi ijtimoiy loyiha
• Eng innovatsion yechim
📅 Tanlov 19-maygacha davom etadi.
🎯 Final bosqichi 2026-yil 20-may kuni Nukus shahrida o‘tkaziladi.
🚀 “IT Hackathon – 2026” — bu yoshlar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish va mamlakatning raqamli kelajagiga hissa qo‘shish imkoniyatidir!
Tashkilotchilar bilan bog’lanish:
Oquv uslubiy boshqarma A.Paxratdinov. A.Sabirov
Tel.: +998(97) 355-48-46;
+998(90) 650-24-12;
+998 (97) 359-60-09;




скачать dle 12.1