UNESCO

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2026-yil 13-martdagi 158/26-sonli xatiga muvofiq, UNESCO tomonidan xotin-qizlar ta’limi yo‘nalishida 2026-yil uchun mukofot tanlovi e’lon qilindi.Mazkur tanlov doirasida quyidagi yo‘nalishlarda kamida 2 yil davomida amalga oshirilgan ilg‘or loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi:
- gender tenglikni ta’minlash;
- inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
- sifatli ta’limni ta’minlash.
Shu munosabat bilan, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nomzodlar va loyiha tashabbuskorlari hujjatlarini joriy yilning 19-apreliga qadar ilmiy bo’limga taqdim etishlari so‘raladi.
Tavsiya etilgan nomzodlar keyinchalik YUNESKO Milliy komissiyasi orqali UNESCO’ning onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Batafsil ma’lumot uchun Filial iqtidorli talabalari ilmiy tatqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi A.Janabaevga Telefon +998(99)459-55-10
yoki fakultet dekanatiga murojaat qiling.
скачать dle 12.1