SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filialda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
Filialda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining filial bosqichi boshlandi. Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Olimpiada doirasida filialda talaba-yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahslashdilar. Musobaqalar filialda sport muhitini yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchi talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini namoyon etdi. Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.