SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va bandlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va bandlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus
Chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va bandlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus
Avval xabar berilganidek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Hayvonlarni oziqlantirish va sun’iy urug‘lantirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursi o‘z nihoyasiga yetdi. Bir haftalik mazmunan boy va amaliyotga yo‘naltirilgan ushbu kurs bilim berish bilan birga real bandlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy tashabbus sifatida e’tibor qozondi. Yakuniy tadbirda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga guvohnomalar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan sun’iy urug‘lantirishga mo‘ljallangan maxsus sun’iy urug‘lantirish uchun mo‘ljallangan ko‘chma asbob-uskunalar jamlanmasi taqdim etildi. Bu esa tinglovchilarga o‘z hududlarida darhol amaliy ish boshlash imkonini yaratadi. Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib, ushbu o‘quv kursi chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. A.Qayratdinov esa kurs aholi daromadlarini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishini qayd etdi. Kursda shahar va tuman veterinariya bo‘limlari xodimlari, naslchilik mutaxassislari hamda chorvachilikka qiziqish bildirayotgan ishsiz yoshlarning ishtirok etgani uning ijtimoiy qamrovini yanada kengaytirdi. Mashg‘ulotlar davomida filialning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan uyg‘un holda olib borildi. Bu yondashuv tinglovchilarning bilim va bevosita ish faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni egallashiga zamin yaratdi. Alohida ta’kidlanganidek, kurs bitiruvchilariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun subsidiya va yengillashtirilgan kreditlar ajratilishi belgilangan. Eng muhimi, ular egallagan bilim va tajribalarini joylarda keng targ‘ib etib, boshqa mutaxassislar hamda qiziquvchi yoshlar bilan bo‘lishishi lozimligi qayd etildi. Bu esa bilimning zanjirsimon tarqalishini ta’minlab, ko‘proq aholining zamonaviy chorvachilik sirlarini egallashiga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus — ta’lim, amaliyot va bandlikni birlashtirgan samarali zamonaviy amaliy mexanizm sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bunday o‘quv kurslari orqali qisqa muddat ichida talab yuqori bo‘lgan kasb ko‘nikmalarini egallagan yoshlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda hududlar iqtisodiy barqarorligiga munosib hissa qo‘shishi mumkin.