SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O‘quv kursi davom etmoqda: ikkinchi kun tafsilotlari » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » O‘quv kursi davom etmoqda: ikkinchi kun tafsilotlari
O‘quv kursi davom etmoqda: ikkinchi kun tafsilotlari
Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Hayvonlarni oziqlantirish va sun’iy urug‘lantirish” mavzusida o‘quv kursi tashkil etilgan edi. Bugun mazkur o‘quv kursining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov so‘zga chiqib, ushbu kursning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida chorvachilik sohasini rivojlantirishda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng “Zooinjeneriya” kafedrasi mudiri X.Mamatov hamda ushbu kafedraning dotsenti Sh.Madrahimov tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar olib borildi. Ma’ruzalar davomida hayvonlarni to‘g‘ri oziqlantirish, naslchilik ishlarini samarali tashkil etish hamda sun’iy urug‘lantirishning zamonaviy usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tinglovchilar ma’ruzalar jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy jihatlar yuzasidan foydali bilimlarga ega bo‘lishdi. Bunday o‘quv kurslari chorvachilik sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda bandlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.