SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O‘quv kursining 3-kunida ishtirokchilarning bilimini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » O‘quv kursining 3-kunida ishtirokchilarning bilimini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar tashkil etildi
O‘quv kursining 3-kunida ishtirokchilarning bilimini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Hayvonlarni oziqlantirish va sun’iy urug‘lantirish” yo‘nalishidagi o‘quv kursi amaliy va nazariy mashg‘ulotlar asosida davom etmoqda. Bugun mazkur o‘quv kursining 3-kuni doirasida navbatdagi o‘quv jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, veterinariya fanlari nomzodi Sh.Avezimbetov tomonidan “Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining nasl berish davri oldi va undan keyingi patologik holatlari” mavzusida ilmiy-amaliy ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruzada qishloq xo‘jaligi hayvonlarining reproduktiv jarayonlari, nasl berish davrida va undan keyingi bosqichlarda uchrashi mumkin bo‘lgan fiziologik hamda patologik holatlar, ularning sabablari va oldini olish bo‘yicha veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javoblar olishdi.