SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yoshlar bilan birga – yangi g‘oyalarga! » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Bungacha, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali bitiruvchi bosqich talabasi Ulug‘bek Amangeldiyevning Yoshlar akademiyasining filialdagi lideri etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Yaqinda u Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etib, yoshlar liderlari faoliyati bo‘yicha yangi tajribalar va muhim tavsiyalar bilan tanishdi hamda zarur topshiriqlarni olib qaytdi. Bugun esa Ulug‘bek Amangeldiyev o‘z jamoasini shakllantirishni boshladi va filial talabalari uchun “Yosh liderlar maktabi” mavzusida seminar tashkil etdi. Tadbirda Nukus filialining faol va tashabbuskor talabalari, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalarining yoshlari ham qatnashdi. Seminar davomida Ulug‘bek Amangeldiyev Yoshlar akademiyasi faoliyati, yoshlar liderlarining vazifalari hamda jamoaviy ishlash tamoyillari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, kelgusi davrda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. — Menga ishonib topshirilgan bu mas’uliyatli vazifani munosib bajarish uchun barcha kuch-g‘ayratimni safarbar etaman. Shu maqsadda bugun fidoyi va faol yoshlarni bir joyga to‘pladim. Biz birgalikda katta natijalarga erishamiz, degan umiddaman, — deydi Ulug‘bek Amangeldiyev. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlar faolligini oshirish va yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish yo‘lida birgalikda ishlashga kelishib oldilar.