SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filial talabalari “InnoWeek–2025” haftaligida faol ishtirok etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filial talabalari “InnoWeek–2025” haftaligida faol ishtirok etmoqda
Filial talabalari “InnoWeek–2025” haftaligida faol ishtirok etmoqda
Toshkent shahrida “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi. (https://t.me/eduuz/38737) Haftalikning ochilish marosimida filial talabalari Bibinur Bazarbayeva va Ulug‘bek Amangeldiyev faol ishtirok etishmoqda. Tadbir davomida ular innovatsion startap loyihalar bilan tanishib, yangi do‘stlar orttirmoqdalar. Yoshlar uchun bu haftalik yangi bilim va tajriba olish, shuningdek, o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini bermoqda. Ayniqsa, Ulug‘bek Amangeldiyevning Yoshlar akademiyasining Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialidagi lideri sifatida tayinlangani faxrli holat bo‘ldi. Bu uning faoliyati, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatiga berilgan yuqori bahodir. — Bu haftalik biz yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni. Har bir kun yangi g‘oya, yangi ilhom va yangi do‘stliklarni olib keladi deb o‘ylayman— deydi U.Amangeldiyev.