Bitiruvchilarga kredit imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mustaqil faoliyat boshlashi uchun yaratilgan kredit imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur uchrashuv oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi. Unda bitiruvchilarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, tashabbuslarini amaliy loyihaga aylantirish va buning uchun moliyaviy ko‘makdan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.
Muloqotda “O‘zmilliybank” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” sektori menejerlari K.Sharipova va A.Eshmuratova, yakka tartibdagi tadbirkor N.Joldibaeva, Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish (Front Office) bo‘limi boshlig‘i N.Turganbaev ishtirok etib, bitiruvchilarga mavjud kredit imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berdi.
Suhbat davomida kredit olish uchun murojaat qilish tartibi, zarur shartlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi asosida faoliyat yuritishi, yangi tashabbuslarni ilgari surishi va daromad manbaini shakllantirishi uchun mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Uchrashuv davomida berilgan ma’lumotlar bitiruvchilarga ishga joylashish bilan bir qatorda, o‘z tashabbuslarini amalga oshirish uchun mavjud moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha aniq tasavvur berdi.







скачать dle 12.1