Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda ogohlik muhim
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kiberjinoyatchilikning oldini olish hamda internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha talaba-yoshlar bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Suhbat davomida ayniqsa yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan internet firibgarligi, begona shaxslarning ishonchga kirish orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi, soxta havolalar va yolg‘on xabarlar orqali fuqarolarni chalg‘itish kabi holatlar haqida so‘z yuritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi inspektori, podpolkovnik A.Aldjanov va boshqarma inspektori J.Karimbayev bunday holatlarda jinoyatchilar foydalanadigan usullar, internet foydalanuvchilari yo‘l qo‘yadigan ehtiyotsizliklar va ulardan himoyalanish choralarini tushuntirdi.
Talabalarga noma’lum shaxslar yuborgan havolalarni ochmaslik, bank karta ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini begonalarga bermaslik, shubhali takliflarga ishonmaslik zarurligi aniq misollar asosida tushuntirildi. Uchrashuvda filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani B.Kunisov hamda talaba-yoshlar ham ishtirok etdi. Muloqotning asosiy e’tibori kiberxavfsizlik masalasiga faqat muammo yuzaga kelgandan keyin emas, balki kundalik internet foydalanish jarayonidayoq mas’uliyat bilan yondashish zarurligiga qaratildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, amaliy tavsiyalar oldilar.




скачать dle 12.1