Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qabul yo‘nalishlari va kvotalar taqsimoti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qabul yo‘nalishlari va kvotalari tasdiqlandi.
Aziz abituriyent!
Agar siz veterinariya, chorvachilik, akvakultura yoki iqtisodiyot yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni istasangiz, Nukus filiali siz uchun munosib tanlovdir.
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotalari belgilangan:
1. Iqtisodiyot (shifr: 60410100)
Jami: 40 nafar
– O‘zbek tilida: 25 nafar
– Qoraqalpoq tilida: 15 nafar
2. Buxgalteriya hisobi (shifr: 60410200)
Jami: 25 nafar
– Faqat o‘zbek tilida
3. Zooinjeneriya (shifr: 60810800)
Jami: 50 nafar
– O‘zbek tilida: 25 nafar
– Qoraqalpoq tilida: 25 nafar
4. Suv bioresurslari va akvakultura (shifr: 60830100)
Jami: 25 nafar
– Faqat qoraqalpoq tilida
5. Veterinariya meditsinasi (shifr: 60840100)
Jami: 75 nafar
– O‘zbek tilida: 35 nafar
– Qoraqalpoq tilida: 40 nafar
6. Veterinariya farmatsevtikasi (shifr: 60840200)
Jami: 25 nafar
– Faqat o‘zbek tilida
7. Veterinariya sanitariya ekspertizasi (shifr: 60840300)
Jami: 25 nafar
– Faqat qoraqalpoq tilida
Umumiy kunduzgi qabul:
Jami – 265 nafar
– O‘zbek tilida: 110 nafar
– Qoraqalpoq tilida: 155 nafar
скачать dle 12.1