Yoshlar bandligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoriga tayyor holda olib chiqish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari uchun "Kelajakka qadam" dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A.Kaniyazov ochib berdi.
Unda O‘zMilliybankning "Kelajakka qadam" sektori markazi menejeri K.Sharipova, filial Registrator ofisi mutaxassislari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Seminar davomida yoshlarga bitiruvchilar bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, vacancy.argos.uz va career.edu.uz platformalaridan samarali foydalanish tartibi haqida amaliy tavsiyalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
"Kelajakka qadam" dasturi doirasida o‘tkazilayotgan bunday seminar-treninglar bitiruvchilarning kasbiy faoliyatini puxta rejalashtirish, ularning bandligini ta'minlash va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.
скачать dle 12.1