SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
«E-Notarius.uz» portali va onlayn notarial xizmatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » «E-Notarius.uz» portali va onlayn notarial xizmatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
«E-Notarius.uz» portali va onlayn notarial xizmatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda zamonaviy elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida «E-Notarius.uz» portali, onlayn notarial xizmatlar va ularning afzalliklariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi mutaxassislari F.Yakupov hamda Q.Torebayev tomonidan «E-Notarius.uz» portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron notarial xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mazkur tizimning afzalliklari yuzasidan batafsil ma'lumot va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, filial yuriskonsulti N.Kannazarova tomonidan amaldagi qonunchilik normalari, notarial xizmatlardan foydalanishning huquqiy asoslari hamda xodimlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Tadbir davomida ishtirokchilarning elektron notarial xizmatlardan foydalanish bo‘yicha huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalari yanada boyitildi.