SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Mo‘ynoqda tarix saboqlari va do‘stlik rishtalari mustahkamlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Mo‘ynoqda tarix saboqlari va do‘stlik rishtalari mustahkamlandi
Mo‘ynoqda tarix saboqlari va do‘stlik rishtalari mustahkamlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida filial direktori A.Esimbetov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov rahbarligida Mo‘ynoq tumaniga sayohat uyushtirildi. Orolbo‘yining eng mashhur manzillaridan biri sanalgan Mo‘ynoq bugun inson va tabiat munosabatlari haqida jiddiy mushohada uyg‘otib, ekologik tarixning eng ta’sirchan sahifalarini eslatib turadi. Bir vaqtlar Orol dengizi sohilida joylashgan yirik port shahri bo‘lgan hudud bugun butun dunyo e’tiborini tortayotgan ekologik hududlardan biriga aylangan. Sayohat davomida festival ishtirokchilari ochiq osmon ostidagi mashhur “Kemalar qabristoni”ni ziyorat qildilar. Qumlar bag‘rida qolgan ulkan kemalar Orolning kechagi qudrati va bugungi qiyofasi o‘rtasidagi tafovutni yaqqol namoyon etdi. Ayniqsa, yoshlar uchun bu manzara tarixiy xotira, ekologik mas’uliyat va kelajak oldidagi burch haqida chuqur o‘ylash imkonini berdi. Shuningdek, ishtirokchilar Orol dengizi tarixi muzeyida bo‘lib, hududning o‘tmishi, aholi turmush tarzi va ekologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq noyob ma’lumotlar bilan tanishdilar. Avval xabar berganimizdek, Mo‘ynoq safari doirasida delegatsiya Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘ldi. U yerda “Bir kitob — ming do‘st” aksiyasi tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlarga badiiy va ilmiy adabiyotlar tuhfa etildi. Mo‘ynoq safari festivalning eng mazmunli sahifalaridan biri sifatida ishtirokchilar qalbida muhrlandi. Orolbo‘yida kechgan uchrashuvlar va tarix bilan yuzma-yuz muloqot yoshlar uchun oddiy ekskursiyadan ko‘ra kengroq ma’no kasb etdi. Bu safar turli hududlardan kelgan talaba-yoshlarni yanada yaqinlashtirib, ularda umumiy tarix, umumiy taqdir va umumiy kelajak haqidagi tasavvurlarni boyitdi.