SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yangi tashabbuslar sari hamkorlik memorandumi imzolandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yangi tashabbuslar sari hamkorlik memorandumi imzolandi
Yangi tashabbuslar sari hamkorlik memorandumi imzolandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni imzolashdan avval filial direktori A.Esimbetov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifati, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga qaratilgan. Memorandumga muvofiq, tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda xalqaro ta’lim loyihalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldida global raqobat talablariga javob beradigan, keng dunyoqarashga ega va zamonaviy ko‘nikmalarni puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turibdi. Ikki universitet o‘rtasidagi mazkur hamkorlik ilmiy salohiyat va akademik tajribaning o‘zaro uyg‘unlashuvi uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda. — Ta’lim taraqqiyoti ochiq muloqot va hamkorlikdan boshlanadi. Mazkur memorandum ana shu yo‘ldagi muhim qadamdir — deydi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov. Bugungi kunda ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. Imzolangan memorandum esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.