SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Muzeyga tashrif festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Muzeyga tashrif festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi
Muzeyga tashrif festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali”ning ikkinchi kuni mazmunli va esda qolarli tadbirlar bilan davom etdi. Festival ishtirokchilari uchun I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayohat uyushtirildi. Ushbu tashrif yoshlarga muzeyning noyob eksponatlari, qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi hamda jahon san’atining bebaho namunalarini yaqindan ko‘rish imkonini berdi. Muzey zallarida jamlangan san’at asarlari, ayniqsa, rus avangard yo‘nalishiga mansub noyob kolleksiya talabalarda alohida taassurot qoldirdi. Mutaxassislar tomonidan dunyoda ikkinchi o‘rinda e’tirof etilgan ushbu kolleksiya o‘zining betakrorligi va tarixiy qiymati bilan ajralib turadi. Ekskursiya davomida yoshlar san’at asarlarining yaratilish tarixi, ularning mazmuni va mualliflari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey bo‘ylab sayohat ularda san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. “Do‘stlik festivali” doirasidagi bunday uchrashuv va sayohatlar turli hududlardan kelgan yoshlarning bir-birini yaqindan tanishi, fikr almashishi hamda Qoraqalpog‘istonning boy madaniy merosini kashf etishiga imkon yaratmoqda.