SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yoshlar ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etib, madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yoshlar ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etib, madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdi
Yoshlar ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etib, madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan talaba-yoshlar Chimboy tumaniga tashrif buyurib, tarixiy va madaniy maskanlar bilan yaqindan tanishmoqda. Dastlab ishtirokchilar “Berdaq va Kunxoja” memorial majmuasini ziyorat qildi. Bu yerda ulug‘ shoirlar hayoti va ijodi haqida berilgan ma’lumotlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi hamda talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, mehmonlarga hudud tarixi, milliy qadriyatlar va qoraqalpoq xalqining urf-odatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, yoshlar Prezidentimiz tashabbusi asosida ajratilgan yer maydonlarida ko‘chat ekish ishlarida qatnashdi. Bu jarayon ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qildi. Tashrif davomida “Qora uy” qurish ustaxonasida ham bo‘lib, mehmonlar qoraqalpoq xalqining qadimiy hunarmandchiligi va an’anaviy uy qurish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Filial talaba-yoshlari esa qora uyning yaratilish jarayoni va milliy hayotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berib bordi. Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, tarixiy va madaniy merosga qiziqishni yanada oshirishga turtki bo‘lmoqda hamda ijobiy natijalar bermoqda.