SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Qoraqalpog‘istonda yoshlar ekologik aksiyasi davom etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Qoraqalpog‘istonda yoshlar ekologik aksiyasi davom etmoqda
Qoraqalpog‘istonda yoshlar ekologik aksiyasi davom etmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilayotgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni doirasidagi tadbirlar yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirmoqda. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan faol va tashabbuskor yoshlar Qoraqalpog‘istonning tarixiy-madaniy maskanlariga sayohat qilib, yurtimizning boy merosi bilan yaqindan tanishmoqda. Jumladan, ishtirokchilar XVIII–XIX hamda XX asr madaniy merosi namunalarini o‘zida saqlab kelayotgan Ishan qal’a kompleksida bo‘lib, ushbu tarixiy maskanning betakror muhiti, qadimiy obidalari va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi. Sayohat davomida yoshlar tarix nafasi ufurib turgan maskanda ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, katta taassurotlarga ega bo‘ldi. Tadbir davomida mehmonlar bilan birgalikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi hamda talaba-yoshlari ham faol qatnashdi. Ayniqsa, samimiy muloqotlar, do‘stona uchrashuvlar va birgalikdagi ekologik tashabbuslar tadbirning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga sabab bo‘ldi. Bunday uchrashuv va sayohatlar yoshlar qalbida ona tabiatga mehr, milliy tariximizga hurmat va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.