SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Ijod zavqi” loyihasi doirasida ko‘rgazmalar saroyiga madaniy tashrif tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Ijod zavqi” loyihasi doirasida ko‘rgazmalar saroyiga madaniy tashrif tashkil etildi
“Ijod zavqi” loyihasi doirasida ko‘rgazmalar saroyiga madaniy tashrif tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari “Ijod zavqi” loyihasi doirasida poytaxtimizda joylashgan ko‘rgazmalar saroyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrifni amalga oshirdilar. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning estetik didi va madaniy dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, milliy va zamonaviy san’at namunalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmalar saroyida talabalar turli janrdagi tasviriy san’at asarlari, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi ekspozitsiyalar hamda zamonaviy ijodiy yo‘nalishdagi badiiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar. Har bir asar yoshlar ongida chuqur taassurot qoldirib, ularda ijodga bo‘lgan qiziqish va ilhom tuyg‘ularini uyg‘otdi. Tashrif jarayonida tyutor R.Xojametov hamrohligida talabalar eksponatlar mazmun-mohiyati, ularning yaratilish tarixi hamda ijodkorlarning badiiy yondashuvlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ushbu jarayon talabalarda san’atga hurmat, milliy merosga e’tibor va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. “Ijod zavqi” loyihasi doirasida tashkil etilgan bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijodiy izlanishlarga yo‘naltirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.