Yakuniy nazorat jarayonlarida shaffoflik va adolat ustuvor mezon bo‘lmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025–2026-o‘quv yilining ikkinchi semestri yakunlari munosabati bilan talabalarning bilim darajasini baholashga qaratilgan yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, filialda imtihon jarayonlarini shaffof, adolatli hamda ochiq mezonlar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda filial direktori A.Esimbetov tegishli mas’ullar bilan birgalikda imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib, nazorat ishlari belgilangan tartib va talablar asosida o‘tayotganini ko‘zdan kechirdi. Jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, talabalar bilimini xolis va haqqoniy baholash masalasiga alohida urg‘u berildi.
— Yakuniy nazorat jarayonlarida adolat va shaffoflik eng ustuvor mezon bo‘lishi kerak. Bu masalaga befarqlik bilan yondashish, avvalo, o‘zini aldash bilan barobar. Har bir talaba o‘z bilimi asosida baholanishi, imtihonlar esa korrupsiyadan xoli tarzda tashkil etilishi shart — dedi A.Esimbetov.
Ta’kidlash joiz, filialda yakuniy nazorat imtihonlarini yuqori saviyada, shaffof va tartibli tashkil etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.




скачать dle 12.1