Hurmatli ota-onalar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ota-onalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Sizlarni ushbu muhim tadbirga taklif etamiz. Ushbu uchrashuv farzandlaringizning ta’lim jarayonida erishayotgan yutuqlari, ularning bilim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish, fikr almashish va kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, sizlar filial rahbariyati bilan bevosita muloqot qilib, o‘z fikr va takliflaringizni bildirish, ta’lim jarayoniga oid savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Uchrashuv davomida faol va namunali talabalarning ota-onalariga samimiy minnatdorlik bildirilishi ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu tadbir alohida e’tibor va iliq muhitda o‘tadi.
O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, bosh bino
Sana: 19-may
Vaqti: 10:00
Aziz ota-onalar, ushbu uchrashuv rasmiy yig‘ilish bo‘lib qolmay, farzandlarimiz kelajagi uchun muhim muloqot va hamkorlik yo‘nalishida o‘tkaziladi. Sizlarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!
скачать dle 12.1