SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Kelajak ostonasidagi yoshlar bilan samimiy suhbat » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Kelajak ostonasidagi yoshlar bilan samimiy suhbat
Kelajak ostonasidagi yoshlar bilan samimiy suhbat
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Yoshlar kuni munosabati bilan filial direktori, A.Esimbetov hamda bitiruvchi bosqich talaba-yoshlari ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, kasbiy faoliyatga ilk qadam qo‘yish jarayonlari hamda mutaxassis sifatida shakllanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, bugungi raqobat kuchayib borayotgan davrda o‘z ustida ishlash, bilim va amaliy tajribani uyg‘unlashtirish, jamiyat uchun mas’uliyatli kadr bo‘lib yetishish masalalari keng muhokama qilindi. Bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi. Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, har bir murojaatga atroflicha munosabat bildirildi. Bu esa uchrashuvning oddiy rasmiy tadbir emas, yoshlar bilan chin ma’nodagi ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tganini ko‘rsatdi. — Sizlar bugun katta hayot sari dadil qadam tashlash arafasida turibsizlar. Olgan bilim va tajribangiz ertangi faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Biz sizlarning bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishingiz uchun bor imkoniyatimizni safarbar etdik. Endi navbat sizlarda — ishonchni oqlash, ota-ona va ustozlar umidini ro‘yobga chiqarish sizlarning qo‘lingizda — dedi filial direktori A.Esimbetov. Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash, kelgusida o‘z yo‘lini topishi hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashi bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarda ertangi kunga ishonch, o‘z kuchiga bo‘lgan qat’iyat va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikri tinglanayotganini, ularning orzu-intilishlari va tashabbuslari doimo e’tibor markazida ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.