SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash sifati muhokama qilindi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash sifati muhokama qilindi
Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash sifati muhokama qilindi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida V Respublika o‘quv-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ishlab chiqarish korxonalari vakillari o‘zaro tajriba almashib, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quv dasturlariga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni keng joriy qilish, shuningdek, soha oldida turgan dolzarb muammolarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etish va ularning maqbul yechimlarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan atroflicha fikr yuritdi.
Seminarda Nukus filiali vakillari — o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kaniyazov, “Zooinjeneriya” kafedrasi mudiri X Mamatov hamda “Veterinariya meditsinasi va farmakologiya” kafedrasi o‘qituvchisi D.Ernazarov ham faol ishtirok etdi. — Ushbu seminar veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy talablar asosida mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega — deydi A.Kaniyazov. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilar, jumladan filial vakillari ham sertifikatlar bilan taqdirlandi.