SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
OIV va OITSning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » OIV va OITSning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
OIV va OITSning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-qizlar ishtirokida OIV va OITS kasalliklarining oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda 5-sonli oilaviy poliklinika yuqumli kasalliklar shifokori Xan Nadejda hamda oilaviy shifokor Sh.Juzbayeva ishtirok etib, talaba-qizlarga sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, yuqumli kasalliklardan himoyalanish hamda salomatlikka mas’uliyat bilan yondashish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom muhitni shakllantirish hamda jamiyatda uchrayotgan ayrim xavfli kasalliklarning oldini olish masalalariga alohida urg‘u qaratildi. Shuningdek, tadbir doirasida aholi orasida kam uchraydigan — orfan hamda irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish, nikohdan oldingi tibbiy ko‘riklarning ahamiyati haqida ham batafsil tushunchalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Tadbirda sog‘lom turmush tarzi, tibbiy madaniyat va inson salomatligini asrash masalalari yuzasidan bildirilgan tavsiyalar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.