Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligining oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Omanov, boshqarma axborot guruhi bo‘lim boshlig‘i, leytenant T.Qurbonboyev, axborot guruhi xodimi, safdor T.Otemuratov, shuningdek filial profilaktika inspektori kapitan Q.Qaypinazarov, “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan piyodalar va haydovchilar uchun belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish, mast holda transport vositasini boshqarmaslik, shuningdek, piyodalarning yo‘lni faqat belgilangan o‘tish joylaridan kesib o‘tish zarurligi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida yo‘l harakati xavfsizligiga oid ko‘rgazmali vositalar namoyish etilib, ularning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, yo‘l belgilari mazmuni hamda xavfsizlik qoidalarining amaliy ahamiyati ishtirokchilarga yetkazildi. Bunday mazmundagi targ‘ibot tadbirlari yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, yo‘l harakati qoidalariga ongli munosabatni shakllantirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga yordam beradi.




скачать dle 12.1