Sog‘lom turmush g‘oyasi amalda
Bugun yurtimizda yoshlar salomatligi, jismoniy faolligi va sog‘lom turmush madaniyatini keng qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida sport muhitini shakllantirish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ommaviy sportga keng jalb qilish borasidagi amaliy ishlar tobora faollashmoqda. Joriy yil aprel oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mavjud muammolar tanqidiy ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim muassasalarida sport klublari faoliyatini kuchaytirish, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni yuqori ruhda davom etmoqda.
Bugun ham erta tongdan filial jamoasi — professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar bir safda jam bo‘lib, marafonda faol ishtirok etdi. Tonggi musaffo havoda tashlangan qadamlar jamoaviy birdamlik, sog‘lom turmushga intilish va faol hayot tamoyillarining amaliy ko‘rinishiga aylandi.
Ayniqsa, talaba-yoshlarning faolligi va tashabbuskorligi filialda sport va sog‘lom muhitga bo‘lgan e’tibor tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularda iroda va intizomni shakllantirish hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.




скачать dle 12.1