“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning filial bosqichi 2026-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rik-tanlov quyidagi 4 ta shart asosida tashkil etiladi:
“Insho yozish”
Ishtirokchilar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi va yoshlar ma’naviyati mavzularida ijodiy insho yozishadi.
“Rasm chizish”
Mavzuga oid qo‘lda chizilgan ijodiy va badiiy ishlar taqdim etiladi.
“Qisqa videorolik”
Giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom hayotni targ‘ib etuvchi videoroliklar namoyish etiladi.
“Sahna ko‘rinishi”
Jamoalar tomonidan mavzuga oid sahna chiqishlari va ijodiy kompozitsiyalar ijro etiladi.
Tanlov yakunida g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan jamoa tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Respublika bosqichida g‘oliblarni katta mukofotlar kutmoqda!
1-o‘rin — 200 000 000 so‘m
2-o‘rin — 150 000 000 so‘m
3-o‘rin — 100 000 000 so‘m
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Barcha talaba-yoshlarni mazkur ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
скачать dle 12.1