SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Amaliy tajriba — malakali mutaxassis tayyorlashning muhim bosqichi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Amaliy tajriba — malakali mutaxassis tayyorlashning muhim bosqichi
Amaliy tajriba — malakali mutaxassis tayyorlashning muhim bosqichi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ta’lim jarayonida nazariy bilim va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Talabalarning auditoriyada olgan bilimlarini amaliy jarayonlar orqali boyitishi, sohaga oid ish faoliyati bilan yaqindan tanishishi hamda zamonaviy usullar asosida tajriba orttirishi ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “Veterinariya meditsinasi va farmakologiya” kafedrasi o‘qituvchisi O.Rahimov rahbarligida 3-bosqich 302-guruh talabalari Nukus tumanidagi “Kerder” OFY hududida joylashgan «Qońıratbay Mexri» chorvachilik fermer xo‘jaligida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. Mazkur xo‘jalikda parvarish qilinayotgan Fransiya va Daniyadan keltirilgan naslli qoramollar talabalar uchun sohaga oid jarayonlarni bevosita kuzatish va o‘rganish imkonini berdi. Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar qoramollarni klinik tekshirish usullari, dori vositalarini qo‘llash tartiblari hamda sigirlarni UZI apparati yordamida tekshirish jarayonlari bilan tanishdi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning auditoriyada olgan bilimlarini amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtiradi, ularda kasbiy yo‘nalish bo‘yicha chuqur tushuncha va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirib, kelgusidagi faoliyatga tayyorgarlik darajasini yanada oshiradi.