“Qoraqalpog‘iston taraqqiyot yo‘lida” — yangi taraqqiyot bosqichining ilmiy talqini
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Qoraqalpog‘iston taraqqiyot yo‘lida” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbaevning 2026-yil 7-fevraldagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda taraqqiyot istiqbollari keng yoritilgan. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bunyodkorlik ishlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida filialning “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov so‘zga chiqib, qo‘llanmada investitsion muhitni yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar ilmiy va tahliliy asosda yoritilganini ta’kidladi.
Shuningdek, bugungi davrda hududlar taraqqiyoti inson qadri, zamonaviy ta’lim, innovatsion yondashuv va raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq ekani qayd etildi. Shu jihatdan mazkur qo‘llanma yoshlarda siyosiy tafakkur, Vatanga daxldorlik hissi va islohotlarga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim manba ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.




скачать dle 12.1