Tanlov
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil
13-oktyabrdagi 226-son qarorida magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi bo‘yicha quyidagi talablar belgilangan.
1. Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (yigirma ikkita) Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan nomzodlar har bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha bittadan tavsiya etilishi mumkin.
3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
tillarni – davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;
O‘zbekiston tarixini bilish talab qilinadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar koʻrsatish, talabgorlar nomzodlarining oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng, davlat oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan koʻchirma (transkript);
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib
chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati – 1-uyulgacha
скачать dle 12.1