Urush manzaralari sahnada jonlandi — “Dushman” asari talaba-yoshlar ijrosida
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Muratbay Nizanov qalamiga mansub “Dushman” asari asosida sahnalashtirilgan chiqish namoyish etildi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali urush davrining og‘ir manzaralari, inson taqdiri, mardlik va matonat, shuningdek, tinchlikning bebaho qadri badiiy ifodalar vositasida jonli tarzda aks ettirildi.
Spektakl tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirib, urush fojialari va tinch hayotning qadriga yetish zaruratini yana bir bor anglatdi. Tadbirni “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti dekani v. v. b B.Kunisov kirish so‘zi bilan ochib berib, Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, shuningdek, bunday tadbirlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur sahna asari Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda tarixiy xotiraga hurmat, ajdodlar jasoratiga ehtirom hamda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish g‘oyalari badiiy va ta’sirchan uslubda ifoda etildi.



скачать dle 12.1