Halima Xudoyberdiyeva ijodi yoshlar nigohida
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida jamiyat taraqqiyotida ayol zotining o‘rni va mavqeini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Shamuratova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Seytmusayeva ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, ayol qadr-qimmati, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatni tarannum etuvchi asarlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritdilar.
Tadbir doirasida 1-bosqich magistranti I.Tursunbaeva tomonidan mavzu yuzasidan taqdimot qilinib, shoira ijodi hamda uning boy ma’naviy merosi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mazmunli fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularda milliy adabiyot va ma’naviy merosga nisbatan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.



скачать dle 12.1