SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filial jamoasi “Munozara” intellektual o‘yinida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filial jamoasi “Munozara” intellektual o‘yinida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yinining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi doirasida 2-guruh bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlarning mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘ldi. Quvonarlisi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi mazkur bahslarda faol va munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa a’zolari o‘zlarining puxta bilimlari, tezkor fikrlashi va asosli dalillari bilan hakamlar hamda tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Bellashuvlar davomida har bir jamoa dolzarb mavzular yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini himoya qilib, bahs madaniyatini namoyish etdi. Filial jamoasi esa o‘zining izchil tayyorgarligi, muloqot madaniyati va jipsligi bilan ajralib turdi. Ma’lumot o‘rnida, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Nukus davlat texnika universiteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur natija filial talaba-yoshlarining intellektual salohiyati yuksalib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz.