Vatanparvarlik ruhini mustahkamlagan sayohat
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba yoshlari uchun Nukus shahrida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga uyushtirilgan sayohat yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularni harbiy hayot bilan yaqindan tanishtirish hamda milliy armiyamizga hurmat tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qildi.
Mazkur tadbir profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov tashabbusi bilan tashkil etilib, unda talabalar harbiy qismning kundalik faoliyati, askar va ofitserlarning xizmat sharoitlari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Sayohat davomida yoshlarga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar hamda ularning qo‘llanilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylarga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Talabalar harbiy xizmatchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, harbiy okrugda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilma hamda harbiylarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligiga qaratilgan e’tibor yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning kelajakda Vatan himoyasiga tayyor, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu sayohat nafaqat talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirib, ularni yurtga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





скачать dle 12.1