SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ilmiy yondashuvlar va amaliy tajriba almashinuvi: birinchi sho‘ba faoliyati » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Ilmiy yondashuvlar va amaliy tajriba almashinuvi: birinchi sho‘ba faoliyati
Ilmiy yondashuvlar va amaliy tajriba almashinuvi: birinchi sho‘ba faoliyati
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya dasturiga muvofiq “Veterinariya meditsinasi va farmakologiya” kafedrasi tomonidan birinchi sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur sho‘bada kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar faol ishtirok etdi. Sho‘ba doirasida veterinariya sohasidagi dolzarb ilmiy muammolar, kasalliklarning oldini olish va davolashda zamonaviy yondashuvlar hamda amaliy tajribalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Muhokamalar ilmiy asoslangan fikr almashuv va amaliy yechimlarni shakllantirishga qaratildi. Jumladan, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Araxnoentomologiya va akarologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Ismoilov “Qoramollarda sinbovillar va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda parazitar kasalliklarning kelib chiqish omillari, tarqalish mexanizmlari hamda ularga qarshi samarali kurash usullari ilmiy asosda yoritildi. Shuningdek, Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Ernazarov “Qoramollarda Mortellaro kasalligining farmakoterapiyasi” mavzusida ilmiy ma’ruza taqdim etdi. Ma’ruzada kasallikning etiologiyasi, klinik kechishi hamda zamonaviy davolash va profilaktika yondashuvlari tahlil qilindi. — Bunday konferensiyalar soha mutaxassislari o‘rtasida ilmiy fikrlar uyg‘unlashuvi va amaliy tajribani boyitishga xizmat qiladi — deydi kafedra mudiri A.Kamalova. Sho‘ba yakunida bildirilgan ilmiy fikr va takliflar veterinariya amaliyotida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, kasalliklarning oldini olish samaradorligini oshirish hamda chorvachilik sohasida ilmiy asoslangan yechimlarni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.