SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ezgu tashabbus ostida filialda uy hayvonlariga bepul veterinariya yordami ko‘rsatilmoqdav » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Ezgu tashabbus ostida filialda uy hayvonlariga bepul veterinariya yordami ko‘rsatilmoqdav
Ezgu tashabbus ostida filialda uy hayvonlariga bepul veterinariya yordami ko‘rsatilmoqdav
Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan “Xalqaro veterinariya kuni” munosabati bilan 25-aprelga qadar keng ko‘lamli bepul veterinariya xizmati aksiyasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur aksiya bugungi kunda ham izchil davom ettirilib, aholining chorva va uy hayvonlari salomatligini ta’minlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Aksiya doirasida fuqarolar tomonidan olib kelingan hayvonlar filialning tajribali va malakali mutaxassislari tomonidan chuqur klinik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Har bir murojaat individual yondashuv asosida o‘rganilib, kasalliklar tashxisi aniqlanib, tegishli davolash va profilaktik choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayon mavjud kasalliklarni bartaraf etadi va ularning kelgusida qayta takrorlanishining oldini olishga xizmat qiladi. Xususan, tajribali mutaxassis M.Sagizbayev tomonidan bachadon tushishi (prolaps) tashxisi qo‘yilgan qo‘yda murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Yuqori aniqlik va ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilgan operatsiya natijasida hayvonning hayoti saqlab qolindi hamda uning umumiy holati barqarorlashdi. Mazkur holat filial mutaxassislarining kasbiy salohiyati va amaliy tajribasini yaqqol namoyon etdi. — Filialning ijtimoiy tarmoqlari orqali bepul aksiya e’lonini ko‘rib, darhol murojaat qildik. Bir necha kundan buyon parvarishimizdagi qo‘yimiz kasallikdan aziyat chekayotgan edi. Mutaxassislar o‘z vaqtida yordam berib, operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Bugun hayvonimizning ahvoli ancha yaxshi. Bu kabi ezgu tashabbuslar, albatta, xalqimiz uchun katta foyda keltirmoqda. Filial jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz — deydi I.Abdirizaqov. Shuningdek, aksiya davomida mushuklarda uchraydigan oyoq falaji hamda yiringli vulvit kabi kasalliklar aniqlanib, ularga nisbatan kompleks davolash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, zarur hollarda jarrohlik amaliyotlari bajarilib, antibiotik terapiyasi, vitamin-mineral komplekslari bilan davolash hamda dezinfeksiya tadbirlari to‘liq amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi, barcha veterinariya xizmatlari — diagnostika, davolash, emlash va profilaktika tadbirlari mutlaqo bepul asosda ko‘rsatilmoqda. Bu esa aholining veterinariya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, ularning hayvonlar salomatligiga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur aksiya orqali hayvonlar salomatligi muhofaza etilib, jamiyatda mehr-shafqat, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik qadriyatlari mustahkamlanmoqda. Aholining samimiy minnatdorligi ushbu tashabbusning dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi.