SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialda zamonaviy qo‘riqlash va xavfsizlik tizimlariga bag‘ishlangan amaliy tadbir o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filialda zamonaviy qo‘riqlash va xavfsizlik tizimlariga bag‘ishlangan amaliy tadbir o‘tkazildi
Filialda zamonaviy qo‘riqlash va xavfsizlik tizimlariga bag‘ishlangan amaliy tadbir o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash xizmati va uning Nukus shahri bo‘linmasi xodimlari ishtirokida amaliy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Nukus shahri IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Utenazarov, katta leytenant D.Zarimbetov, Texnik qo‘riqlash markazi boshlig‘i leytenant A.Ergabulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Paluaniyazov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasining Texnik qo‘riqlash markazi tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy qo‘riqlash xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, obyektlar va fuqarolar xonadonlarini qo‘riqlash, shuningdek, yong‘inlarning oldini olishda qo‘llanilayotgan signalizatsiya vositalarining samaradorligi va ishlash prinsiplari keng yoritildi. Amaliy ko‘rgazmalar jarayonida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy qurilmalar kompleks tarzda namoyish etildi. Unda gaz sizib chiqishini aniqlovchi moslamalar, yong‘in va harakatni sezuvchi datchiklar, ovozli ogohlantirish tizimlari hamda oynaning sinishini aniqlovchi qurilmalarning ishlash mexanizmi tushuntirildi. Shu bilan birga, mazkur tizimlarning GSM va Ethernet tarmoqlari orqali markaziy monitoring tizimiga ulangan holda faoliyat yuritishi, kelib tushgan signal asosida tezkor harakatlanuvchi guruhlarning voqea joyiga yetib borish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Tashvish tugmasi orqali favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam chaqirish imkoniyati ham alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan berilgan tushuntirishlar talaba-yoshlarda xavfsizlik tizimlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.