Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘quv jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Filial direktori A.Esimbetov rahbarligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda soha mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va o‘quv jarayonlarini shaffof tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Filial direktori A.Esimbetov ta’kidlaganidek, bugungi kunda ta’lim tizimida shaffoflik va halollikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, har bir xodim o‘z faoliyatida adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarur.
Tadbirda so‘zga chiqqan direktor maslahatchisi R.Boboyev korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr bildirib, tizimli yondashuv zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Dawletmuratov o‘z chiqishida korrupsion holatlarning oldini olishda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish lozimligini qayd etdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida talabalar amaliyot o‘tash jarayonlarini xolis, adolatli va shaffof tashkil etish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu borada barcha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi. Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda sog‘lom muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



скачать dle 12.1