“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida basketbol bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
O‘yin jarayonlarini “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbayev bevosita kuzatib borib, musobaqaning adolatli, tartibli va yuqori tashkiliy saviyada o‘tishini ta’minladi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni 1-kurs 106-guruh talabalar jamoasi, 2-o‘rinni 1-kurs 107-guruh talabalar jamoasi, 3-o‘rinni esa 1-kurs 101-guruh talabalar jamoasi qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqa filialda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
скачать dle 12.1